0 3460

TURKIYA VA BRAZILIYADA "QONLI" YANGI YIL!?

Umumiy 0 3460

Istanbulda Yangi yil bayrami kuni yangi terakt sodir bo'ldi! "Qotil Qorbobo" tufayli 39 (25 nafari xorijlik) kishi  qurbon bo'ldi, 69 kishi yaralandi, ulardan 4 nafari og'ir ahvolda. 
Klublardan birida mehmonlarni o'qqa tutgan "Santa Klaus" yovuz rejasini amalga oshirib, voqea joyidan qochib qoldi. Uni izlashmoqda! Bosh Vazir Yildirim voqeaga izoh berar ekan, "Terror bizni qo'rqita olmaydi, biz terrorni qo'rqitamiz" deya ta'kidladi. Shu  o'rinda "Qachon?" degan savol tug'iladi! 
***
Braziliyaning janubi-sharqidagi shahar - Kampinasdagi xonodonlardan biriga Yangi Yil bayrami nishonlanayotgan mahalda bostirib kirgan 46 yoshli Sidney Ramis 11 kishini otib o'ldirdi. Qurbonlar orasida qotilning sobiq xotini va 8 yashar o'g'li ham bor. Qotil voqea so'nggida o'z qotiliga ham aylandi. 

Jasur HAMROYEV
 

Bildirilgan fikrlar

    Birinchi bo'lib o'z fikringizni bildiring
Fikr bildirish uchun sayt a'zosi bo'lishingiz kerak

#