0 1937

Dilafruzning "Bum-bum"i Rayhonnikidek ommalasharmikan?

Afisha 0 1937

So’nggi ma’lumotlarga qaraganda yurtimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan xonandalarning soni 3 ming nafardan oshgan. Bu faqat litsenziyasi bor ashulachilar! Ulardan nechtasi taniqliyu nechtasi sevimli ekanligini esa aniq ayta olmaymiz! Ana shu keng maydonga “Bum-bum” deya kirib kelayotgan yangi nom bilan tanishing: Dilafruz Hayitmetova!!! Gap shundaki yosh xonanda o’zbek shou-biznes olamiga aynan “Bum-bum” nomli qo’shig’I ila kirib kelmoqda. Kunni kun, tunni tun demay tinimsiz ijod ummoniga sho’ng'igan xonanda muxlislar e’tiborini qozonish uchun yaqin kunlarda ushbu ijodiy ishiga ishlangan klipni ham omma e’tiboriga havola etmoqchi. “Bum-bum” tez kunlarda ilg’or TV va radio kanallar orqali qalbingizga kirib borishi turgan gap! Qo’shiqqa Narimon Sultonxo’jayev ijodiy jamoasi video-ketmaketlik tasvirga olgan bo’lib, hozirda montaj jarayoni davom atmoqda. Asli Xorazm diyoridan bo'lgan Dilafruz Hayitmetova biz bilan suhbatda o’z san’ati bilan bu nozik soha shaydolarinining mehrini qozonish niyatida ekanligini ta’kidladi. Kuzatamiz, Dilafruz o’zbek shou olamida nom qozona olarmikan!?

Bildirilgan fikrlar

    Birinchi bo'lib o'z fikringizni bildiring
Fikr bildirish uchun sayt a'zosi bo'lishingiz kerak

#