"Bum-bum” taronasi bilan san’atga “bumbillab”…

1293

"Bum-bum” taronasi bilan san’atga “bumbillab” kirib kelgan xonanda Dilafruz Hayitmetova yana bir yaxshigina yangiligini taqdim etish arfasida. Gap shundaki, shu kunlarda Dilafruz hamkasbi, “Nihol” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Yodgor Mirzajonov bilan birga duet qo’shiq kuyladi. Ijodkorlar juftligi esa “Mayli-mayli" nomli ushbu ijodiy ish uchun klip tasvirga olish maqsadida afsonaviy Malayziya mamlakatining poytaxti fusunkor Kuala-Lumpur shahriga otlanishgan. Dilafruz Hayitmetova nimaga qo’l siltab “Mayli-mayli” demoqda bilmadigu, lekin janob Mirzajonov bilan birga ijro etilgan kompozitsiya hit bo’lishiga umid qilamiz!

#