QAYGA BORMAY BOSHDA DO'PPIM! Erkin…

725

QAYGA BORMAY BOSHDA DO'PPIM! Erkin Vohidovning she'rlarini o'qib, ulg'ayganmiz. Vatandoshimiz Davron Alijonov Yer sharini aylanar ekan, "O'zbegim" she'ridagi mashhur qatorni real ko'rinishini ifodalashga urinadi. Do'ppi qatorida unga paxta gulli piyola va jonajon Vatan ramzi - bayrog'imiz ham hamroh! Alijonov millatimiz xislatlari aks etgan "hamroh"lari - do'ppi, piyola va bayroq uchun Sidneydagi o'sha mashhur Opera uyini, Dubayda qurilgan eng baland binoni, Parij yuragidagi Eyfel minorasini fon qiladi! Iftixor ila! Bu yuksal hisni suratlardan payqash qiyin emas! U Bali orollarida hatto suv tubida baliqlar orasida o'z uslubiga sadoqat ko'rsatadi. Davron vatanparvar yurtdosh sifatida ilhomlantirdi. Balki, shuning uchun u haqda kichik bo'lsa-da, maqola yozishga jazm etdim. Davron o'ziga xos foto-uslubi uchun haq olmaydi. O'z yuzini "reklama" qilmaydi. Maqtanmaydi. U shunchaki Vatanini sevadi. Kimdan ko'p yo yanada ko'proq sevadi. Lekin aniq kam emas. Bo'lmasa, u yillarki, do'ppisiga sodiq bo'lmasdi. Ha, o'zbekligini Sharq-u G'arbda, Shimol-u Janubda bir ko'rishda anglatib turuvchi, millatga xos sodda va xokisorgina do'ppiga! Davron bu sayohatlarida bo'lajak turmush o'rtog'i hamisha dalda bo'lishini aytadi. Yoshlarga kelajakdagi oilaviy yo'lida omad va baxt hamroh bo'lishini tilab qolamiz! J.H.

#