Internetda AQSh Prezidenti Donald Tramp…

464

Internetda AQSh Prezidenti Donald Tramp va O’zbekiston Respublikasi elchisi Javlon Vahobovning birga tushgan surati paydo bo’ldi. Bu rasmiy Toshkentning “okean orti” mamlakatiga yangi elchi yuborganidan bir muhim darakdir. Elchi Vahobov tez fursatda AQShdagi o’zbek diasporasi bilan yaqindan tanishishga ham ulgurdi. “AQShga yangi elchi keldi. Kuni kecha prezident Trampga ishonch yorlig’i topshirdi. Janob Vahobov bilan avvalroq Yulduz Usmonovaning konsertida uchrashgandik. Dunyoqarashi keng, ko’zlarida mehr uchquni bor bu insonning! “Okean orti”da istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga aynan shunday xalqparvar diplomat kerakligi yaqqol sezildi. Javlon Vahobov bilan Vashingtondagi O’zbekkston Respublikasi elchixonasida uyushtirilgan tadbirda ko’rishdik va suhbatlashdik. Yosh bo’lishiga qaramay, fikrlari teran, salobatli va bir vaqtning o’zida kamtar va samimiy inson. Elchi suhbat asnosida amerika-o’zbek xalqlarining madaniy munosabatlarida katta ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga ishonch uyg’otdi “ - deydi, AQShda turli madaniy tadbirlar tashkil etuvchi prodyuser Asiya Qalandarova-Burgos. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida izchil o’zgarishlar davom etmoqda. Muhimi, samarali kechmoqda. Prezident Mirziyoyevning odilona va oqilona islohatlari jamiyat hayotini tubdan yaxshilashga qararilgan. Xalqning ishonchi orta borayotir! Insonlar rozi ekan, bunday jamiyat bugungi kuniga, kelajakka yorug’ nazar ila boqadi. Jasur Hamroyev

#