2018 yil - Faol tadbirkorlik,…

1095

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion loyihalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili! Yil mohiyati hukumat va xalq g’oyalarini yanada jipslashtiradi. Odamlarning yashashga bo’lgan ishtiyoqi, g’ayratini oshirish, maqsadini mustahkamlashga qaratilgan umumxalq harakat uchun tashakkur, Janob Prezident! Amir Temurning “Kuch - adolatdadir” degan naqli yangilanayotgan O’zbekistonning bugungi kunlarida to’la namoyon bo’layotir! Prezidentimizning xalq hayotidan real xabardorligi, jamiyatning yutuqlari qatori va muammolarini aniq ko’ra olayotgani hamda ularga jo’yali yechim izlayotgani xalqimizning davlatga bo’lgan ishonchini oshirmoqda. O’zbek - bunyodkor, tinchliksevar, mehridaryo xalq! Bu elning salohiyati mamlakatni o’z orzularidan-da balandroq rivojlantrishga qodir. O’zbek yoshlari innovatsion loyihalari bilan yurtimizning zamonaviy imijini jadal sur’atda o’zgartirib, dunyoga ko’rsata olish fursati yetdi! Olg’a, yoshlar! Axir, Prezident biz bilan! Jasur Hamroyev

#