Sher hofizning kenjasi Zohir Shoh…

957

Sher hofizning kenjasi Zohir Shoh Jo’rayev kuylagan “Yaxshi ko’rib qoldim-da” megahitga aylangani rost! O’tgan yildan beri mamlakatimiz hududi, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari, qolaversa, dunyoning turli nuqtalaridagi o’zbek jamiyati vakillari orasida sevib tinglangan bu tarona shu kunlarda ham trendda! Ijodiy jamoaning yutug’i bu! Qo’shiq mualliflari: Zohir Shoh va Musaxon Nurmatov, musiqiy bezakchi Jasur Badalboyev, klipmeyker Dilmurod A’zamov. Shu ijodiy guruhning yangi mahsuli ham yuragingizning to’riga kirib borishiga ishonamiz! “Dilozorim”! Yangi tarona! Bu gal ritm yanada tezlashgan. “Dilozorim” dilingizga ozor emas, orom beradi. Klip suratga olib bo’lindi. Montaj ishlari yakunlanish arafasida. Intizorlik bilan kutamiz! Kutishga arziydi. O, arziganda ham qandoq!?

#